Sergeli tumanidagi portlash bo‘yicha IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Hozirda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izboskan tumanida fuqarolar 3 tup chinor daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib ketdi. Oqibatda tabiatga 131 mln so‘mlik zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryo viloyatida ikki shaxs orasidagi adovat tufayli janjal yuzaga kelgan. Ulardan birini himoya qilish uchun kelgan ota tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.
Samarqand viloyatida ikki yilda 26 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Ushbu qilmishlar uchun 246 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda 2 249 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilganligi ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting